2023- yil yanvar oyi yakuni bo‘yicha 28,6 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 0,5 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 33,8 % ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (78,8 %), naqshli mato (10,4 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 133 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 10 ta davlatiga eksport qilindi.