28/02/2023

 Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2023- yil yanvar oyida 4,4 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022- yilning mos davriga nisbatan 18,4 % ga yoki 1,2 ming tonnaga kamaydi.

 Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qirg‘iz Respublikasi (54,9 %), Rossiya federatsiyasi (41,9 %), Belarus (1,9 %), hamda Armeniya (1,8 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2023- yil yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 1,4 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 18,4 % ga kamaydi va jami eksportdagi ulushi 2,4 % ni tashkil etdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech