2022- yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida 343 374,2 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu soha yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (21,8 %) eng katta hissa qo‘shdi. Samarqand va Toshkent viloyatlari 6,6 % va 6,3 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.