2022- yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 5 656 tani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 2 312 taga kamaydi va 71,0 foizni tashkil etdi. Hududlar kesimida oʻtgan yilga nisbatan yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar Andijon shahrida (469 ta), Marhamat (244 ta), Shahrixon (191 ta), Andijon (188 ta) va Jalaquduq (176 ta) tumanlarida sezilarli kamayish kuzatildi.