13/02/2023

 Joriy yiling 10- fevral kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev  Izboskan tumanidagi mahallarida bo‘lib, uy xo‘jaliklari kuzatuvlarining mazmuni va mohiyati haqida mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari va mahalla faollariga seminar- trening o‘tkazdi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlarning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu ma’lumotlar asosida viloyatimiz aholisining  turmush darajasiga oid ko‘rsatkichlar shakllantirilishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.