05/01/2023

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,7 %ni tashkil etdi.

Shundan:

- bir bolalilar 22,8 %;

- ikki bolalilar 26,2 %;

- uch bolalilar 18,1 %;

- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,6 %.

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 25,3 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan  bolalar mavjud emas.

photo_2022-10-12_10-05-03