23/09/2022

 2022- yil 23- sentabr kuni boshqarmada navbatdagi “Ota-ona bebaho ne’mat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov ochib, Ota-onalar bizning hayotimizni osonlashtiradigan yumshoq va ishonchli yordamchi ekanligi,  biroq, ota-ona bo‘lish oson emasligini, bu juda ko‘p energiya, kuch, sog‘liq va vaqtni talab qiladigan juda muhim vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.To‘xtabayeva so‘z olib, kimning ota-onasi hayot bo‘lsa, qadriga yetishi, ota-ona bamisoli jannatning ikki eshigi ekanligi, Ularga yaxshilik qilsakgina, jannat eshiklari ochilishini, shundoqqina uyimiz  to‘rida bizga tabassum ila boqib turgan jannat kalitlarini qadriga yetish kerakligini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida ota-onalarimiz bebaho ne’mat ekanligi yuzasidan muhokama qilindi va ota-onalar haqida donalarimizning buyuk so‘zlari, maqollar va aforizmlar aytildi.

 

Axborot xizmati