16/09/2022

 2022- yil 16- sentabr kuni boshqarmada navbatdagi “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.  Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev ochib, Davlatimiz rahbarining yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borayotgan oqilona siyosatining bosh g‘oyasi inson va uning qadrini ulug‘lashligini, adolatli yondashuv tufayli odamlarimizning Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishga intilish hissi kuchayotganlinini, oiladigi tarbiyaviy muhitni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish juda muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.To‘xtabayeva so‘z olib, Bugun yurtimizda davlatimiz tomonidan yoshlarning har tomonlama barkamol va yetuk, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan insonlar bo‘lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, katta e‘tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganligini ta‘kidlaganlini aytib o‘tdi.

 

 

 

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Ma’naviyat va ma’rifatning o‘zaro birligi, uyg‘unligi, ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlarimizni birga olib borish masalalari ushbu tadbirda atroflicha muhokama qilindi.

 

Axborot xizmati