2022- yil 09- sentabr kuni boshqarmada navbatdagi “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev ochib, Mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, “Jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish gʻoyasining ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.To‘xtabayeva so‘z olib, “Islom” deganda hozirgi kunda islomofobiyaning ta‘siridan ba‘zilar faqat urush, otish, garovga olish, ekstremizm, terrorizm, odamlarni o‘ldirish, deb tushunishlarini, Islom qanday din ekani xususida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi. Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni o‘rgatadi. Bunday yondashuv – davr talabidir”, deya ta‘kidlaganlini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida ekstremizm gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan, toʻgʻri yoʻldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari ushbu tadbirda atroflicha muhokama qilindi.
Axborot xizmati