05/09/2022

 Paxtaobod tumanidagi 8-umumiy oʼrta taʼlim maktabida о‘tkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligini “Yangi Oʼzbekistonda el aziz inson aziz!” shiori ostida “Birinchi qoʼngʼiroq” bayram tadbirida boshqarma boshlig‘i N. To‘xtaboyev sо‘zga chiqib, о‘quvchilarni yangi о‘quv yili bilan tabrikladi va maktab ta’limining inson hayoti davomidagi о‘rni haqida ham о‘z kechinmalarini sо‘zlab berdi.

 

 

 Shuningdek, boshqarma boshlig‘i 1- sinfga qilingan o‘quvchilarni sovg‘alar bilan tabriklab о‘quvchilarga mustaqillik darsi ham о‘tdi. Unda mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, Prezidentimiz aytganlaridek bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar о‘tishi bilan tobora ortib borayotgani, Yangi О‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obrо‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bо‘lib kelayotganini alohida ta’kidladi.

 

 

 

Axborot xizmati