Joriy yilning 1- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasidan biriktirilgan mas’ul vakil Sh.Dusnayev hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupovlar uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar ishtirokida seminar-trening mashg‘ulotlarini sifatli belgilangan talablarga mos ravishda o‘tkazilish holatini o‘rganish maqsadida Shahrixon tumanida bo‘lishdi.
O‘quv seminarda uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar o‘ziga tegishli registratorlik uchastkasining sxematik rejasiga aniqliklar hamda zarur hollarda tegishli tuzatishlar kiritish, aholi yashaydigan yoki yashashi mumkin bo‘lgan turar joy va noturar-joy binolar ro‘yxatini tuzish kabi ishlar amalga oshirilishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Mas’ul rahbarlar xodimlarning o‘zlarini qiynayotgan savollariga javob berishdi. Agarda ish davomida ish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzaga kelgan vaqtda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Call Centr” ga murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi.
Axborot xizmati