01/08/2022

 Joriy yilning 1- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasidan biriktirilgan mas’ul vakil Sh.Dusnayev hamda  Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupovlar uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar ishtirokida seminar-trening mashg‘ulotlarini sifatli belgilangan talablarga mos ravishda o‘tkazilish holatini o‘rganish maqsadida Andijon shahridagi  Kasaba uyushmalari federatsiyasida bo‘lishdi.  

 

 

 

 

 O‘quv seminarda  uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar o‘ziga tegishli registratorlik uchastkasining sxematik rejasiga aniqliklar hamda zarur hollarda tegishli tuzatishlar kiritish, aholi yashaydigan yoki yashashi mumkin bo‘lgan turar joy va noturar-joy binolar ro‘yxatini tuzish kabi ishlar amalga oshirilishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Mas’ul rahbarlar xodimlarning o‘zlarini qiynayotgan savollariga javob berishdi. Agarda ish davomida ish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzaga kelgan vaqtda  Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Call Centr” ga murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi.

 

 

 

Axborot xizmati