2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 40,2 trln. soʻmdan iborat boʻlib, umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1/4 ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 8,1 % ga oshgan.
Hududlar kesimida yuqori oʻsish surʼatlari Namangan (117,1 %), Buxoro (116,7 %) va Jizzax (112,7 %) viloyatlarida, nisbatan past koʻrsatkichlar esa Fargʻona viloyati (100,2 %), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (103,1 %) va Sirdaryo (103,5 %) viloyatlarida qayd etildi.
Axborot xizmati