2022- yil 6- may kuni boshqarmada navbatdagi ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Xotira va qadrlash kuni” bayrami to‘g‘risida so‘z bordi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i v.v.b. F. Jololov ochib, inson xotirasi va uning qadri naqadar buyuk ekanligini alohida ta’kidladi.
So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim Z. Okboyeva so‘z olib “Xotira muqaddas, Qadr - aziz” mavzusida chiqish qildi. 9- mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad borligi to‘g‘risida tadbir davomida fikr almashildi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida inson qadri mavzusida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Tashkilotimizning Faxriy jamoadoshlari xolidan shunday ulug‘ kunlarda xabar olish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Axborot xizmati