Seminarni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. F. Jololov ochib, seminarni tashkil etishdan maqsad tizim rahbar va xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiste'mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiya xolatlarini oldini olish, amaldagi qonunchilik xujjatlari talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash maqsadida, ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini chuqur yetkazishdan iborat ekanligini ta'qidladi.
So‘ng boshqarma bosh yuriskonsul'ti D.Rasulov tomonidan ishtirokchilarga Korrupsiya jamiyatda nosog‘lom muhitni va salbiy illatlarni yuzaga keltirishi xaqida aytib o‘tdi.
Mashg‘ulotda ishtirok etgan boshqarmaning tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, mavzulardan kelib chiqqan holda savollar berishdi va ularga qoniqarli darajada javob olishdi.
Axborot xizmati