18/04/2022

 2022- yil 15- aprel kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Tadbirda “Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusida so‘z yuritildi. Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. F. Jololov. ochib berdi. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim Z. Okboyeva olib bordi. Mavzu yuzasidan tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushunchlar berib o‘tdilar.

 

 

 

 

  Tadbir davomida Milliy qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rni, uning rivojlanish omillari hamda qadriyatlarning inson ongiga ta'sir doirasi haqida so‘z bordi. Qadriyatlardan eng oliysi insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati ekanligi, o‘‘z Vatanini sevmagan millatning, qadriga yetmagan kishi o‘zganing ham, bashariyatning ham, kurrai zamin obodligining ham qadriga yetmasligi, Vatanga sadoqat-haqiqatga sadoqatning, millatga mehr, ahli basharga mehrning ibtidosi ekanligi to‘g‘risida xodimlar o‘z fikr muloxazalarini bildirdilar. Ushbu ma'naviyat soatidan xodimlar yetarlicha ijobiy ozuqa oldilar.

 

 

Axborot xizmati