Oʻzbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,2 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 tonnaga oshgan.
2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 715 tonna
Qozogʻiston – 325 tonna
Qirgʻiz R. – 194 tonna
Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 521 tonna
Toshkent viloyati – 219 tonna
Xorazm viloyati – 159 tonna
Axborot xizmati