Joriy yilning 1- dekabr kuni Andijon iqtisodiyot va qurilish inistitutida “Andijon viloyatida tashqi savdo va yalpi hududiy mahsulot ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni o‘tkazish” mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Jololov, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i X. Xamrakulov, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Obidov, Demografiya va mehnat statitikasi bo‘limi boshlig‘i Z. Iminov hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish inistituti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Jololov viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berdi.
Shuningdek, Demografiya va mehnat statitikasi bo‘limi boshlig‘i Z. Iminov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.
Tadbir davomida Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i X. Xamrakulov va Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Obidovlar Andijon viloyatining yalpi hududuiy mahsulot hajmi, o‘sish suratlari shuningdek viloyaninig tashi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari, tanlanma kuzatuvlar natijalari asosida oylik baholash ishlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan savol va takliflarga tarmoq bo‘limlari tomonidan batafsil javoblar berildi.