2021- yil noyabr oyi yakuni bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay Estat.4.0 dasturi orqali elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 5- yanvardagi 2-mb son qarori 49- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida 2021- yil noyabr oyi hisoboti” “1-nh shakli” (yilda bir marta)ni 16 dekabrdan kechiktirmay.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 5- yanvardagi 2-mb son qarori 74- son ilovasi bilan tasdiqlangan “2021/2022 o‘quv yili boshiga oliy ta‘lim muassasasining hisoboti”gi “1-oliy ta’lim shakli” (yillik) so‘rovnomasi 2021- yil 6- dekabrdan kechiktirmay.
Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
215- moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-77, 224-82-48
Andijon viloyati statistika boshqarmasi