Joriy yilning 7-sentyabr kuni Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi va Andijon viloyati statistika boshqarmasining Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi umumta’lim maktablari tomonidan yangi 2021-2022- o‘quv yili boshiga taqdim etadigan 1-umumta’lim (yillik) davlat statistik hisobotini to‘liq va sifatli qamrovi, hamda uni yangi E.Stat 4 elektron tizimi orqali belgilangan muddatda taqdim etishi bo‘yicha seminar ishtirokchilariga amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati