17/12/2024

     Joriy yilning 17-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari D.Yangiyev hamda Investitsiya va qurilish  statistikasi bo‘limi boshlig‘i A.Usmonovlar tomonidan "4 invest (asosiy)" hisobotini taqdim etish  tartibi yuzasidan  yirik va kichik tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari vakillari  hamda  shahar, tuman statisika bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. 

     Seminarda hisobot topshiruvchi respondentlarga hisobotda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarni to‘g‘ri, sifatli  va shaffofligini ta’minlagan holda ma’lumotlarni kiritish, kutilayotgan chorak yakunlari bo‘yicha  hisobotlarni xato va kamchiliklarsiz taqdim etilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.