14/12/2024

     Joriy yilning 14-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-403-sonli Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:

     Mazkur Qaror nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini oshirishga, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, usullari va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan

     Shuningdek, yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi axborot-izlash tizimi (LexUZ tizimi) haqida ham ma’lumotlar berilib, ushbu tizim normativ-huquqiy hujjatlarni oson hamda qulay shaklda izlash va ular bilan tanishish imkonini berishi ta’kidlandi.  LexUZ tizimining maqsadi – yuridik va jismoniy shaxslarning me’yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanishini ta’minlash orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatni huquqiy axborotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishdir. Xodimlarga ushbu tizim bo‘yicha tushuntirishlar berilib, uning imkoniyatlaridan keng foydalanish tavsiya etildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya