So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining transport xizmatlari hajmi 27 237,4 milliard so‘mni tashkil qilgan. 

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 365 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 18-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 18-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi.

Andijon viloyatida 2024-yilning 1-oktabr holatiga ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 308 tani tashkil etdi. 

Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2024-yil 1-oktabr holatiga 1 352 taga yetib, ularning 1 349 tasi kichik biznes subyektlariga to'g'ri keladi.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 025,0 ming dona avtomobil bamperlari ishlab chiqarilgan.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 55,8 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35,6 % ini tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni o‘rtacha 53 tani tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil 18-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasidaBuyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iymavzusida  navbatdagi ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. 

Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. 

2024-yilning yanvar-avgust oylari holatiga ko'ra, Andijon viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 287,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon shahrida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 726 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 17-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 55,9 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 134,1 tonna vafli va vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 17-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi hududiy shahar-tuman bo’limi xodimlari uchun “Statistika sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusida seminar tashkil etildi.