Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida pensiya oluvchilarning umumiy soni 4,2 mln kishini tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 93,9 ming kishiga yoki 2,3% ga oshgan.
Pensiya oluvchi shaxslar soni yillar kesimida quyidagicha:
2020-yilda – 3 612,6 ming nafar
2021-yilda – 3 785,3 ming nafar
2022-yilda – 3 976,9 ming nafar
2023-yilda – 4 152,6 ming nafar
2024-yilda – 4 246,4 ming nafar