
Joriy yilning 3-iyul kuni Andijon viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi A.Xasanova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Andijon tumani “Jevachi” MFYda istiqomat qiluvchi T.Sobirovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.



