Tadbirda boshqarma Inson resurrslari bosh mutaxassisi M. O‘rinboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.06.2025- yildagi "O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030- yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-98-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.
Farmonga ko‘ra, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga quyidagi vakolatlar o‘tkaziladi:
davlat ko‘chmas mulki ekspluatatsiyasi uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini belgilash;
dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlari tariflari miqdorini tasdiqlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish;
yo‘llarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatish bilan) ruxsat berish.
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
mahalliy budjet xarajatlarining bir qismi mahalliy Kengash deputatlarining tashabbusi asosida shakllantiriladi;
mahalliy Kengashlar qoshida Oliy Majlis palatalari huzuridagi yoshlar parlamentlari tajribasidan kelib chiqib Yoshlar guruhlari hamda NNTlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va ilmiy doiralar vakillaridan iborat Maslahat guruhlari tashkil etiladi;
mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida mahalliy ijro hokimiyati organlaridan mustaqil moliyaviy hisob-kitob tizimi joriy etiladi;
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi o‘rinbosari instituti tashkil etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Tadbir so‘nggida davlat fuqarolik xizmati yo‘nalishidagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.