So'nggi yangiliklar

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 1-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 30 862,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan,  2024-yil yanvar-sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar ulushi 93,4 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 97,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 11 331,5 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.

2023–2024-o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan eng ko‘p xorijlik talabalar Hindistondan bo‘lib, ularning umumiy soni 5733 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga jami 1 707,6 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 60 033,0 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 96,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-oktabr holatiga ko'ra, Bo'ston tumanida faoliyat ko'rsatayotgan sanoat korxonalari soni 163 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 31-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan,  2024-yil yanvar-sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 92,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-oktabr holatiga koʻra, Andijon viloyatida aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 801,3 kishini tashkil etmoqda.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda mavjud otlar soni 17,2 ming boshni tashkil etgan.

Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonunida aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish tartibi ham belgilangan.

2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 17 891,1 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 % ga o‘sdi.

2024-yil 1-oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni jami 23 267 tani, shundan yangi tashkil etilganlari 3 375 tani tashkil etdi.