Joriy yilning 5-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarma Inson resurslari bosh mutaxassisi M.O‘rinboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-yuldagi “Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 465-son qarorining mazmun–mohiyati bo‘yicha ma’ruza qildi.
Qarorga asosan, Mehnat me’yorlarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Mazkur hujjat ish beruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish va xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek xodimlarning optimal sonini aniqlash maqsadida qabul qilingan.
Namunaviy nizom Tashkilotlarda mehnat me’yorlari va standartlarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini hamda yordamchi xodimlarning ayrim toifalari kasblari va lavozimlari bo‘yicha ish haqining namunaviy me’yorlarini belgilaydi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.




