04/10/2023

Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot muassasalarida xizmat qilayotgan 33 165 nafar o‘rta tibbiyot xodimlaridan 145 nafari oliy hamshiralik ma’lumotiga ega. Jami o‘rta tibbiyot xodimlaridan 11 713 nafari (35,3 %) viloyat markazi Andijon shahridagi tibbiyot muassasalarida xizmat qilgan holda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan bo‘lsa, Xonobod shahrida ular soni 560 nafardan iborat bo‘lib eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.