22/05/2026

Joriy yilning 22-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish bosh mutaxassisi M. O‘rinboyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.02.2026-yildagi “Yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni taʼminlovchi standartlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 44-son qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:

Qaror bilan yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholashni nazarda tutuvchi “Yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni taʼminlovchi standartlarni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizom tasdiqlandi.

Tadbir so‘nggida joriy yilning o‘tgan davrida boshqarma tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan ishlarning holati to‘g‘risidagi axborot tinglandi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya