20/04/2026

O‘zbekistonga 34 ta davlatdan shokolad import qilingan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 34 ta davlatdan qiymati 27,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 6,6 ming tonna shokolad mahsulotlari import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming tonnaga kamaygan.

2026 yilning ilk 2 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p shokolad mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya – 4 407 tonna;

Ukraina – 607 tonna;

Turkmaniston – 209,1 tonna;

Qozog‘iston – 201,8 tonna;

Turkiya – 190,7 tonna;

Polsha – 124,4 tonna;

Boshqa davlatlar – 825,9 tonna.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya