20/04/2026

2026 yil 1 aprel holatiga ko'ra Andijon viloyatida 27 548 ta korxona va tashkilotlar mavjud

Andijon viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, 2026 yil 1 aprel holati bo'yicha Andijon viloyatida 27 548 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda.

Bu ko'rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 5,7 % ga oshgan.

 

Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha:

Savdo – 8 200 ta

Sanoat – 4 705 ta

Qurilish – 1 737 ta

Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar – 1 360 ta

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi – 1 313 ta

Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish – 1 254 ta

Tashish va saqlash – 757 ta

Axborot va aloqa – 477 ta

Boshqa turlar – 7 745 ta

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya