Uch oyda 1,6 milliondan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qilgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-mart oylarida 1 631 234 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 111,6 ming nafarga oshgan.

2026 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:
Qirg‘iz Respublikasi — 660 579 nafar;
Qozog‘iston — 284 024 nafar;
Tojikiston — 282 040 nafar;
Saudiya Arabistoni — 136 060 nafar;
Rossiya — 88 267 nafar;
Turkiya — 52 199 nafar;
BAA — 28 125 nafar;
Xitoy — 15 844 nafar;
Tailand — 13 839 nafar;
Misr — 12 186 nafar.




