O‘zbekistonda 2 oyda 32 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 32,8 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan.

Mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 11,1 % ga oshgan.




