Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev hamda tegishli mas’ul tamoq bo‘limlari bilan birgalikda Parkent tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarida faol qatnashmoqda.
Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan tashkil etilyapti.
Mazkur sinov jarayonlarida maxsus tayyorlangan registratorlar uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligini joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazishmoqda.
Axborot xizmati