Dunyo boʼylab ming yillar davomida oʼtkazib kelinayotgan aholini roʼyxatga olish tadbiri ilk bor eramizdan avvalgi 3800 yillarda bobilliklar tomonidan oʼtkazilganiga tarixiy ishoralar bor. Har 6 yoki 7 yilda oʼtkazilgan bunday tadbirlarda aholi va chorva soni, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari miqdori hisobga olingani haqida tarixiy manbalarda ayrim maʼlumotlar saqlanib qolgan.
Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya, Vavilon, Gretsiya va Yunoniston davlatlarida esa aholini roʼyxatga olish tadbirlari soliq toʼlovchilar va harbiy xizmatga yaroqli aholi sonini bilish maqsadida oʼtkazilgan. Shuningdek, shaharlardagi yerlar va xoʼjaliklar, hunarmandchilik va savdo-sotiq hamda ular bilan birga aholini statistik hisobga olishning turli shakllari mavjud boʼlgan.
Аholini muntazam roʼyxatga olish tarixi 1790 yilga borib taqaladi. Oʼshanda АQShda, 1801 yilda esa bir vaqtning oʼzida Аngliya, Shotlandiya, Frantsiya, Daniya va Norvegiyada shunday tadbirlar oʼtkazilgan. Biroq ular hali mukammal boʼlmagani holda, uzoq vaqt davomida aniq bir vaqtga bogʼliq boʼlmagan, belgilangan qoidalarga amal qilinmagan tarzda olib borilgan.
1846 yilda yirik statistik olim Аdolьf Ketl (1796-1874) boshchiligida Belьgiyada oʼtkazilgan roʼyxatga olish birinchi chinakam ilmiy roʼyxatga olish deya eʼtirof etiladi. Uning oʼziga xosligi shundaki, roʼyxatga olish muddati bir kunlik boʼlib, haqiqatda mavjud aholi hisobga olingan. Mazkur roʼyxatga olish tajribasidan keyinchalik, Yevropaning koʼplab davlatlari foydalangan. 1870-1879 yillarda dunyo boʼyicha atigi 48 ta davlatda aholini roʼyxatga olish oʼtkazilgan boʼlsa, XX asr oxiriga kelib, deyarli barcha davlatlar oʼz aholisini roʼyxatga olishga kirishdi.
Axborot xizmati