27/06/2025

     Joriy yilning 27- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida xodimlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish bosh mutaxassisi M. O‘rinboyev bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi.
     Shunindek korrupsiya–shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, unga jazo muqarrarligi tushuntirib o'tildi.

AXBOROT XIZMATI