2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 223 tani tashkil etdi.
Oʻtgan yilning 1- iyuni bilan taqqoslaganda, ularning soni 17,0 % ga oshgan.
Iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning tarkibi:
sanoat – 91 ta
savdo – 59 ta
qurilish – 19 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 10 ta
axborot va aloqa xizmatlari – 9 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 8 ta
tashish va saqlash xizmatlari – 5 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 3 ta
boshqa turlari – 19 ta.