Andijon viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yil 1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar 1 213 tani tashkil etdi.
Ularning soni yil boshidan 51 taga oshgan. Shuningdek, ular sohalar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi sanoat sohasiga (37,0 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning sohalar kesimidagi soni:
sanoat sohasida – 448 ta;
savdo sohasida – 338 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 172 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 112 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 36 ta;
tashish va saqlash sohasida – 27 ta;
qurilish sohasida – 9 ta;
axborot va aloqa sohasida – 6 ta;
boshqa sohalarda – 65 tani tashkil etdi.