Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyun holatiga Andijon viloyatida 21 583 ta faol tijorat korxonasi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan.
Xususan, 18 386 ta korxona aynan MChJ shaklida faoliyat yuritmoqda. Bu esa umumiy faol tijorat korxonalarining 85,2 foizini tashkil etadi.
Korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 18 386 ta
Xususiy korxonalar – 1 773 ta
Oilaviy korxonalar – 1 213 ta
Aksiyadorlik jamiyati – 37 ta
Boshqalar – 174 ta
Shundan kelib chiqib, MChJlar mamlakatimizda biznes yuritishning eng keng tarqalgan shakli degan xulosaga kelishimiz mumkin.