12/06/2025

     Joriy yilning 12- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida uzoq yillar davomida halol va fidokorona mehnat qilgan, o‘zining boy tajribasi, mas’uliyati va tashabbuskorligi bilan ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shgan faxriy xodimlarimiz nafaqaga kuzatildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, xodimlar va faxriylarning yaqin hamkasblari ishtirok etdi. Mazkur tadbir davomida faxriylar faoliyatidagi yutuqlar esga olinib, ularning soha rivojiga qo‘shgan hissasi yuksak e’tirof etildi.

Boshqarma rahbariyati tomonidan faxriylarimizning halol mehnati, yosh kadrlarga namuna bo‘ladigan xulq-atvorlari alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ularga sohaning taraqqiyoti yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirilib, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Faxriylarimiz ham o‘z navbatida, yillar davomida birgalikda faoliyat olib borgan jamoaga chuqur minnatdorlik bildirib, ezgu tilaklar bildirdilar.