12/06/2025

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyun holatiga Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni dehqon va fermer xo‘jaliklarini hisobga olmagan holda 26 890 tani tashkil etdi. Korxonalarning 79,7 foizi, yoki 21 442 tasi – kichik biznes subyektlari hisoblanadi.

 Eng ko‘p korxonalar quyidagi hududlarda faoliyat yuritmoqda:

Andijon shahri – 7 027 ta tashkilot bilan umumiy ulushning 26,1 foizini egallaydi.
Asaka tumani – 2 222 ta (8,3%)
Andijon tumani – 2 197 ta (8,2%)
Shahrixon tumani – 1 862 ta (6,9%)
Qo'rg'ontepa tumani – 1 407 ta (5,2%)