19/08/2024

     2024-yilning yanvar-iyun oylarida axborot va aloqa tarmog‘ining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etgan.

     Mazkur tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida asosiy ulush aloqa xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i va boshqalarga) to‘g‘ri kelmoqda va 44 % ni tashkil etgan.

     Tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning qolgan 56 foizi axborot va aloqaning boshqa tarmoqlari (nashriyot faoliyati, kompyuter dasturlashtirish sohasidagi faoliyat, dasturlar yaratish bo‘yicha faoliyat, teleko‘rsatuv va radio-eshittirish v.b.) hissasiga to‘g‘ri kelgan.