16/08/2024

     2024-yil 16-avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Qatag‘on qurbonlari — vatan fidoyilari!” mavzusida  ma’naviyat  soati  bo‘lib  o‘tdi.  Tadbirda  boshqarma  boshlig‘ining o‘rinbosari M. Yusupov, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

     Ma‘lumotlarga ko‘ra, 1937-1953 yillarda 100 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz qatag‘on qilingan. Qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimizning porloq xotirasini abadiylashtirish maqsadida Birinchi Prezidentimiz 2001-yil 1-maydagi “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, har yili 31 - avgust kuni “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”ni o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

     “Qatag‘on qurbonlari - vatan fidoyilari!” mavzusi yuzasidan xujjatli film tomosha qilindi.

     Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlari o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs va munozarlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.