16/08/2024

     Aholini ro‘yxatga olish tadbirining iqtisodiy xususiyatlari?

     Aholini ro‘yxatga olish-bu mamlakat aholisini muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqiyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

     Mazkur keng miqyosli amaliyotning bosh maqsadlaridan biri mamlakatimizda, umuman har bir ma’muriy-hududda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ishdan iborat.  

     Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi.

     Birinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

     Ikkinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

     Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.

     Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

     Shunday qilib, hukumat oldiga yana bir muhim vazifalar qo‘yildi. Ularni muvaffaqiyatli va to‘laqonli bajarish bilan O‘zbekistonning har bir viloyati, shahari, tumanidan tortib mahallasi-yu ko‘chasiga, chekka qishloq va olis ovullarigacha aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan yagona axborot bazasi yaratiladi. Bu qimmatli ma’lumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqotadi. Zotan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan ko‘p yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli o‘zgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq bo‘lsagina yuqori samara berishiga shak-shubha yo‘q.

     Bundan tashqari, bunday o‘zgarishlarning dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kelgusi yillarda mamlakat aholisining soni va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining o‘ziga xos tomonlarini inobatga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ro‘yxatga olish nafaqat statistik natijalar, balki iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash vositasidir. Ro‘yxatga olish bu O‘zbekistonning solnoma tarixidir. Ro‘yxatga olish natijalari esa nafaqat bizga, balki bizdan keyingi avlodlarga ham taalluqli.