13/08/2024

     Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga jami 387 138 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

     Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

     savdo sohasida – 147 980 ta;

     sanoat sohasida – 61 315 ta;

     qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 32 428 ta;

     qurilish sohasida – 29 553 ta;

     yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 569 ta;

     tashish va saqlash sohasida – 16 211 ta;

     axborot va aloqa sohasida – 9 565 ta;

     sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 337 ta;

     boshqa sohalarda – 53 180 ta.