12/08/2024

     Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 704 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

     Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 2 % ga oʻsgan.

     Kartoshka yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (18,6 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

     Shuningdek, Surxondaryo (13,3 %), Fargʻona (12 %) va Andijon (11 %) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya