24/05/2024

     O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi Qonuniga asosan, joriy yilning 24-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida “Aholi va hududlarni texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish” mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

        O‘quv mashg‘ulot mavzusi yuzasidan boshqarmaning Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2-toifali muhandisi B. Asrankulov ma’ruza qildi. O‘quv mashg‘uloti mavzusi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida baxs va munozaralar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya