2024-yil 17-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida Andijon farzandi, yangi o‘zbek she’riyatining asoschilaridan biri, shoir, tarjimon, dramaturg va ma’rifatchi Abdulhamid Cho‘lpon tavalludining 127 yiligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M.Yusupov, D. Yangiyevlar hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
So‘ng boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva tomonidan Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning hayoti va ijodi haqida tayyorlagan prezentatsiyasi namoyish etildi.