02/02/2024

2024-yil 2-fevral kuni Andion Statistika boshqarmasida navbatdagi Zahiriddin Muhammad  Boburning hayoti va ijodi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev hamda boshqarma boshlig‘ining o‘ribosarlari M.Yusupov va D. Yangiyevlar ishtirok etishdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev  o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir,  tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda, Andijonda tavallud topgan Zahiriddin Muhammad o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she‘riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda bo‘lganligini, Bobur Mirzo she‘rshunos-adabiyotshunos, donishmand faqih, tilshunos, tabiatshunos, mantiq va riyoziyot ilmlaridan puxta xabardor jamoat arbobi sifatida o‘zidan bebaxo ma‘naviy meros qoldirganligini, Bobur Mirzo jisman Vatandan uzilgan bo‘lsada, u ruhan Vatan bilan yashab o‘tganligini o‘z sozlarida ta’kidlab o‘tdi.

So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva Zahiriddin Muhammad  Boburning hayoti va ijodi  haqida tayyorlangan slaydini namoyish etdi.

 

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Z.M.Boburing merosi hamda uning vatan uchun olib borgan janrlari, yozgan asarlari haqida baxs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Ruboiy va g‘azallaridan parchalar o‘qildi.

Hijron qafasida jon qushi dom qiladur,

G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.

Ne nav bitay firoqu g‘urbat sharhin,

Ko‘z yoshi namaning yuzin nam qiladur.